avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

164-maktab 8-v sinf o'quvchisi Egamberdiyeva Feruza

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
 
                      Insho
 
‘’Men bobom,buvim----mahallamiz faxri”
 
Reja:
 
1.Keksasi bor xonadon-fayzli xonadon.
 
2. Keksalarimiz mahallamiz faxri.
 
3. O’zbegim qomusi- mening mahallam.
 
                                                                  Baraka deysizmi, oqibatmi yo,
 
                                                                  Iliqlikning bari bunda muhayyo.
 
                                                                  Shu joydan boshlanar insof vodiysi,
 
                                                                  Mahalla-diyonat, mahalla-hayo.
 
                                                                           (Muhammad Yusuf).
 
    Dono xalqimiz bejizga aytmaydilar-ku: “Qarisi bor uyning parisi bor”, -deya.
 
Haqiqatdan ham keksasi bor xonadon fayzli xonadon sanalganidek qarilarimiz mahallamiz fayzi, ko’rki sanaladi. Shuningdek mahallamiz ham, avvalo, xonadonimizdan boshlanadi. Nuroniylarimiz bor xonadonda hech qachon fayz-u baraka arimaydi. Ular bor xonadonda doimo tinchlik, osoyishtalik hukm suradi. Agarda ular bir kun xonadonimizda bo’lmasalar, uyimizdan fayz, baraka ketadi. Qariyalarimiz uyimiz ko’rki, misoli bir jannatidir. Ular bilan bizlar xuddi jannatda yashagandek bo’lamiz. Ular ko’zimiz nuri, qalbimiz qo’ri, soddagina qilib aytganda, xonadonimiz chirog’idir. Bu chirog’imiz porlab turar ekan, xonadonimiz hamisha gurkirab yashnaydi. Agarda bu chiroq o’chsa, shu zahotiyoq, uydan quvonch, shodlik ketib, o‘rniga qorong’ulik, zimistonlik cho’kadi.
 
       Shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barcha jabhalardagi keng ko’lamli o’zgarishlar zamirida inson va uning manfaatlari, oilalarimiz farovonligi, farzandlarimizning hech kimdan  kam bo’lmay o’sishiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam. Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov Konstitutsiyaning 22 yilligiga bag’shlangan tantanali marosimda 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi ham inson va uning hayotiga bo’lgan e’tibor va g’amxo’rlikning amaldagi namunasi sifatida yurtimiz tarixi zarvaraqlarida muhrlanib qolishi shubhasiz. Kuchli ijtimoiy sohani rivojlantirish yolg’iz keksalar pensionerlar, nogironlar va kam ta’minlaganlarni manzilli muhofazalash yuzasidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “Keksalarni e’zozlas” yilida bunday keng ko’lamli ishlarning kengayishi shubhasiz.
 
        Prezidentimizning   ma’ruzalarida keksalarga hurmat – ehtirom ko’rsatish hayotimiz tom ma’noda ajralmas qismiga aylanganini alohida takidladi.
 
        Yurtboshimiz 9- may “Xotira va qadrlash kuni” arafasida ikkinchi jahon urishi qatnashchilari va nogironlarni rag’batlantirish, ular uchun nafaqat  moddiy, balki manviy-ruhiy madad bo’lib  kelmoqda:
 
        Yurboshimizning ma’ruzalarini televizor orqali ko’rib,-shunday yurt fuqorosi bo’lganimdan faxrlanib ketdim,-deydi Olmazor tumani Beruniy nomli mahallada yashovchi Abdurahmon ota.2015-yil ‘’Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganini eshitib yuragim hapqirib ketdi. Qaysi mamlakatda keksalar shunchalar izzat-ikromda? Albatta, toppish qiyin. Bularning bari ko’nglimni tog’dek ko’tarib yubpordi. O’zimni xuddi yoshargandek, kuch-quvvatga to’lgandek his qildim. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiman, yoshim 91 da. Xudoga shukr, farzandlarim, nevara0-chevaralarimning hammasidan ko’nglim to’q. El-u yurtimizga tinchlik, omonlik, yurtboshimizga uzoq umr, sog’lik tilab duodaman. Ha, faxriylarga, keksalarga ko’rsatilayotgan hurmat-ehtirom, mehr-oqibat, og’irini yengil qilish har birimizning insoniylik va farzandlik burchimiz emasmi?
 
         Mening mahallam “No’g’oyqo’rg’on” nomi bilan eng obod mahallalardan biri sanaladi. Bizning mahallada xonadonlar soni 2778 ni tashkil etadi. Unda ayollar soni 9783, erkaklar soni 4783 ni tashkil etadi. Nafaqa oluvchilar soni esa 1300 tadir. Bu mahallada oilalar soni 3660 bo’lib unda barcha inoq bo’lib yashaydilar.
 
Bu “No’g’oyqo’rg’on” mahallasi ilgari quruq cho’l sifat yer bo’lgan. Keyinchalik esa  uyerlar obodonlashtirilib, Mulla Vali boshchiligida bu mahalla barpo qilingan. Mahalla oqsoqoli mening suyukli bobojonim bo’ladilar. Mening bobom va buvim mahallamiz faxriylaridir.